La Liga. "Real" mehmonda "Valensiya"ni yirik hisobda mag'lub etdi

8 noya 2026, 02:55
La Liga 12-tur doirasidagi "Valensiya" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 28-daqiqasida Federiko Valverde hisobni ochdi. Arda Gyuler 36-daqiqada ustunlikni yana bittaga oshirdi. Kilian Mbappe 75-daqiqasida aynan Arda Gyulerning uzatmasini golga aylantirdi va o'yinga nuqta qo'ydi. Mezbonlar himoyachisi Xose Gayya 79-daqiqada maydondan chetlatildi.

“Real” La Ligada 12 ta o'yindan so'ng 30 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ertaga 11 tadan o'yin o'tkazgan “Atletiko” (28 ochko) va “Barselona” (30 ochko) o'zaro to'qnash keladi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia