La Liga. "Real" mehmonda "Valensiya"ni mag'lub etdi, "Barsa" bilan oradagi farq - 1 ochko

Alisher Ostonov
9 fev 2026
La Liga 23-tur doirasidagi "Valensiya" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.

65-daqiqada Alvaro Kareras jarima maydonchasiga yorib kirib, gol urdi. Kilian Mbappe 90+1 daqiqa o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va o'yinga nuqta qo'ydi.

"Real" La Ligada 23 o'yindan so'ng 57 ochko jamg'argan holda jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda, yetakchi "Barselona" bilan oradagi farq bir ochkoni tashkil etadi. "Valensiya" hisobida 23 ochko bor va jamoa 17-o'ringa joylashgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia