La Liga. "Atletiko" zaxiradan tushgan Grizmanning urgan goli evaziga o'z maydonida "Valensiya"ni mag'lub etdi
Alisher Ostonov
13 dek 2025, 20:00
La Liga 16-tur doirasidagi "Atletiko" - "Valensiya" o'yini bo'lib o'tdi.
17-daqiqada mezbonlar sardori Koke hisobni ochdi. Lukas Beltran 63-daqiqada aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan “Atletiko” afsonasi Antuan Grizmann 74-daqiqada ajoyib gol urib, jamoasiga g'alabani taqdim etdi.