"Valensiya" Breytvueytni xarid qilmoqchi

Alisher
18 may 2022
"Valensiya" "Barselona" hujumchisi Martin Breytvueytni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi shu yozda Kataloniya klubidan kyetishga tayyor.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o'yinchini asosiy tarkibda ko'rmaydi. U sotuv uchun davogarlardan biridir. Daniyalikning "Barsa" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Breytvueyt joriy mavsum La Liga doirasidagi atigi 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo