“Valensiya” 1999 yildan beri mavsumni boshlanishidagi eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 10:43
Ispaniya chempionati 4-tur doirasida “Betis” klubi “Valensiya” ustidan safardagi o'yinda 3:1 hisobida zafar quchdi.

Shunday qilib “Valensiya” 1999 yildan beri mavsumni boshlanishidagi eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi, o'shanda klub chempionatning to'rtta o'yinida ham mag'lubiyatga uchragan.

Ta'kidlab o'tamiz, “Valensiya” 2008 yildan beri birinchi marotaba ichki chempionat doirasida uchta o'yinni ham ketma-ket yutqazgan. O'shanda to'rtinchi mag'lubiyatdan so'ng klub bosh murabbiyi Ronald Kuman o'z vazifasidan bo'shatilgan edi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda “Valensiya” “Malaga” ustidan g'alaba qog'ongan (1:0), shundan so'ng “Espanol”dan (1:3) va “Barselona”dan (2:3) mag'lubiyatga uchragan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru