Valdes Manchester Yunayted bilan shartnomani bekor qiladi
Narzulla Saydullayev
29 noya 2015
Ispaniyalik darvozabon Viktor Valdes yaqin vaqt ichida Manchester Yunaytedni tark etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli posbon mankunianliklar bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Futbolchi ushbu mavsumda umuman maydonga tushgani yo'q va faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.