Valdes "Barselona"ga qaytmoqda

Alisher
6 iyul 2019
"Barselona" sobiq darvozaboni Viktor Valdes klubga qaytishi mumkin.

Kataloniyaliklar prezidenti Xosep Mariya Bartomeu uni klub murabbiylar shtabiga qo'shish maqsadida muzokaralar olib borilayotganligini tasdiqladi.

- Men Valdes bilan gaplashdim, - deydi Bartomeu. Agar u qaytsa zo'r ish bo'lar edi.

Viktor Valdes "Barselona" tarbiyalanuvchi hisoblanadi. U kataloniyaliklar tarkibida 2014 yil yoziga qadar faoliyat ko'rsatgan. Yarim yildan so'ng esa erkin agent maqomida MYU bilan shartnoma tuzgan.

U 2016/17 yilgi mavsumda "Midlsbro"da o'ynaganidan  so'ng faoliyatini yakunlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport