Vaydenfeller: "Umid qilamanki, Noyer Portugaliyaga qarshi o'yingacha tuzalishiga ishonaman"

Tolibjon Qosimov
27 may 2014, 11:40
Germaniya terma jamoasi zaxira posboni Roman Vaydenfeller termaning asosiy posboni Manuel Noyerga tezroq sog'ayishini tiladi.
"Bavariya" darvozabonining elkasi jarohatlangan, u qachon safga qaytishi noma'lum.

"Termaga kerak bo'lganimda o'ynashga tayyorman. Ammo Noyer jarohat olgani uchungina maydonga tushmoqchi emasman. Uning o'z formasini tiklashida yordam bera olsam xursand bo'lardim. Noyer Portugaliyaga qarshi o'yingacha tuzalishiga umid qilaman", - deydi Vaydenfeller.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru