Vadim Chemirtan: “Ilk o'yin, ilk to'pga teginish va gol – bu fantastika”

Narzulla Saydullayev
21 avg 2016, 12:01
“Buxoro” - “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvi (3:1) so'ngida, buxoroliklarning moldaviyalik legioneri Vadim Chemirtan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Ilk o'yinimdagi taassurotlarim juda a'lo! Ilk o'yin, ilk to'pga teginish va gol – bunaqasini faqat orzu qilish mumkin xolos.

Ayniqsa menga stadiondagi muhit, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi yoqdi. Murabbiylar shtabi, jamoadoshlarimga qisqa vaqt davomida komandaga kirishib keta olishim va moslashishimga katta yordam bergani uchn rahmat aytaman.  

Faoliyatimni haqiqiy futbolsevarlar shahri, fidoyi muxlislar qarshisida, ahil va inoq jamoa safida davom ettirayotganimdan xursandman.  Xullas barchasi men uchun fantastika, - deydi V. Chemirtan.

 “Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia