Vadim Afonin Toshkentning "Lokomotiv" klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2020, 10:25
O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Vadim Afonin yurtimizga qaytdi.

Bir necha yil davomida Rossiyada to'p tepgan futbolchi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzdi. Afonin "temiryo'lchilar" safida katta ehtimol bilan 8-raqamda o'ynaydi.

Ma'lumot uchun, Afonin faoliyati davomida O'zbekistonda "Traktor" va "Sho'rtan", Rossiyada "Rubin", "Salyut", "Anji" va "Orenburg" klublarida o'ynagan. 2012-2017 yillar davomida O'zbekiston terma jamoasi safida 6ta o'yinda maydonga tushgan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia