Vadim Abramov: "Qo'qon-1912"ni o'rniga "Lokomotiv" tushganda yaxshiroq bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2020, 21:04
Xabaringiz bor bir necha soatlar oldin O'zbekiston kubogi guruh bosqichi o'yinlariga qur'a tashlandi.

Qur'a natijalariga ko'ra Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi  "Paxtakor", "Qo'qon-1912", "Oq-tepa" jamoalari bilan "D" guruhidan o'rin oldi. Biz bu borada "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik. Qur'a uning jamoasi uchun qay darajada qiyin yoki oson keldi?

"O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi raqiblarimizni bilib oldik. Umuman olganda qiziqarli guruhdan joy oldik deb o'ylayman. Faqat, "Qo'qon-1912" bilan safarda o'ynashimiz biroz noqulayroq bo'ldi. Yo'lga ortiqcha vaqt sarflamaslikni istagandik. Ularni o'rniga "Lokomotiv" tushganida bundan ham zo'r bo'lardi. Barcha o'yinlar Toshkentda o'tardi. "Paxtakor" va "Oq-tepa" bilan o'yinlar qiziqarli kechishi shubhasiz. 

"Paxtakor" bilan to'qnashuv? Bilmadim, lekin menga "Paxtakor" bilan o'ynash yoqadi. Jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba vazifasini bajaradi. Aynan kuchli raqiblar bilan o'yinlar orqali o'sishga erishishimiz mumkin. O'sha paytga kelib biz qay darajada o'zgarganimizni ko'rib olamiz. Umumiy qilib aytganda yaxshi raqiblar tushdi",- deydi Vadim Abramov.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia