Vadim Abramov: "Qizilqum"ga qarshi ikki marta o'ynaymiz"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2020, 12:52
"Bunyodkor" hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga O'zbekiston kubogi va qur'a haqidagi fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston Kubogi bahslari bir o'yindan iborat. Bu yaxshimi yoki yomon? Hozir buning ahamiyati yo'q. Pandemiya sababli ancha vaqt yo'qotdik. Natijada O'zbekiston Kubogini o'tkazish yilning oxiriga qoldi. Tabiiyki, qisqa vaqt ichida musobaqani o'tkazish kerak. Asosiysi shu va bu normal holat. Lekin biz uchun Kubok o'yinlari ikki o'yinga to'g'ri kelyapti (kulib). Bilasiz, 3 dekabr kuni Superliganing so'nggi turini safarda Qizilqumga qarshi o'tkazamiz, oradan uch kun o'tib endi Kubok bahslarida Qizilqum mehmoni bo'lamiz. Bu xuddi Kubokda ikkita o'yin o'tkazishdek gap. Albatta Kubok uchrashuvini o'z maydonimizda o'tkazaganimiz maqul edi. Zero, bir jamoaga qarshi safarda ikki marta o'ynash, ikki bor mehmonga borishning noqulay tomonlari ham bor. Shuning uchun safardagi uchrashuv bilan uyda o'ynashning farqi bo'ladi. PFL O'zbekiston Kubogi qur'asining formati bo'yicha o'z taklifini o'rtaga tashlaganida ayni bugun qo'llanilgan formatni tanlagandim. Yani, har bosqich uchun qur'a tashlash",- deydi Vadim Abramov.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz, "Bunyodkor" jamoas O'zbekiston kubogidagi ishtirokini "Qizilqum"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати