

"Bugun durang bo'lishi kerak edi. Biz ham g'alabaga haqli emasdik, bitta pozicion xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Birinchi taym boshida Francis Narxning kutilmagan jarohati o'yinimizga ta’sir qildi. Afsuski mag'lub bo'ldik, raqibga ham tan berish kerak, bitta vaziyatdan foydalanib ketdi", - deydi Vadim Abramov.
- Tushunishimcha hozir "Dinamo"ning mashg'ulot o'tkazishi uchun ham normal maydon yo'q. Bu ham jismoniy holatga ta’sir qiladimi?
- Hozir bu haqda gapirmoqchi emasdim. Xuddi bahonadek bo'lib qoladi. Afsuski Samarqandda qanday maydonda mashg'ulot qilganimizni bilasiz, ikkita turli maydonda mashq qilish va o'ynash ta’sir qiladi albatta.
- Qachon jamoa Samarqandga qaytadi?
- Hozir mart oyida FIFA kunlari bo'ladi, keyin kubok tufayli Superligada tanaffus bo'ladi. Menimcha aprel oyi oxirida Samarqandda o'ynay olamiz.
- Nima uchun Emmanuel Yagrni maydonga kech tushirdingiz?
- Sababi asosiy tarkibda boshqa hujumchilar o'ynashdi. Yagr anchadan buyon maydonga tushmagandi, shu bois uning imkoniyatlarini bilib olish uchun zaxiradan tushirdik.


