"Vadim Abramov bahona qilmasin!" - D. Imomxo'jaev

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "Futbol TV" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Ofsayd" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi va terma jamoaning muvaffaqiyatsizligida murabbiyning o'rniga izoh berdi.

- Murabbiyda Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyorlanish uchun 1 yil vaqt bo'ldi. U oxirgi 3 ta tur markazlashtariliganini bahona qilmasin. Biz arablarga Toshkentda yutqazgandik, Ar-Riyodga borishimiz aniq edi. Faqat Singapur bilan o'yinimiz ham o'sha yoqqa ko'chdi. Saudiya bilan o'yinga 1 yil tayyorlandi. Dubayga bordi, 6-7 ming dollar sarflab Galiulinni ko'rgani bordi. Xullas, 1 yil o'sha o'yinga tayyorlandi. Lekin, 1 kun qolganda xonasiga kimdir kirib, himoyada o'ynamoqchiligini aytgan ekan, rozi bo'libdi. Bu kulgili!

Men o'sha kuni faqat Odil Ahmedovga achindim. U sardor sifatida terma jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shgan, millionlarni taklif qilishganida ham "Paxtakor"ni og'ir kunlarida tashlab ketmagan. O'sha kuni shunaqa holat yuzaga keldi, u ham faoliyatini yakunladi. Ichidan nimalar o'tgani o'ziga ayon.

Murabbiy 1 yil davomida nimaga tayyorlandi, agar futbolchining gapi bilan taktika tanlasa? Bu kulgili!

Falastin bilan o'yinda futbolchilar atayin yutqazishganmi?


Manba: championat.asia