"UzDongJu" ham tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2014, 17:32
Birinchi liga klublari orasida "UzDongJu" raqiblaridan oldinroq tayyorgarlikni boshladi.
Mavsumni 5-o'rinda yakunlagan jamoa bugun o'z qarorgohida yig'ildi.

Bosh murabbiy Nozim Mullaoxunov ayni damda Toshkentda o'tayotgan "A" murabbiylik licenziyasi uchun o'qimoqda. Shu bois tayyorgarlikning birinchi bosqichini uning yordamchilari olib boradi. Abdurashid Ismoilov boshchiligida o'tayotgan mashg'ulotlarda joriy mavsum jamoa sharafini himoya qilgan barcha futbolchilar ishtirok etmoqda. Jamoaning asosiy maqsadi yoshlarga urg'u berish ekanligi bois, "Ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati"dan yetishib chiqayotgan yoshlarni qishki yig'inlarda sinab ko'rish va ulardan eng iqtidorlilarini saralab olish ko'zda tutilgan. Qolaversa bu yil viloyat ikkinchi ligasida ishtirok etgan "UzDongJu-2" jamoasidan ham bir qator yoshlar asosiy jamoaga o'tadi.

Futbolchilar ertadan kuniga ikki mahal shug'ullanadi. Mazkur yig'in 30 dekabrga qadar davom ettiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia