UzDongJu Toshkentda yig'in boshladi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2017, 21:15
Andijonning UzDongJu jamoasi yig'ini endi Toshkentga ko'chdi. Jamoa a'zolari Andijon-Toshkent yo'nalishidagi poezdda poytaxtga yetib keldi.

Bugundan esa mashg'ulotlarga kirishildi. Odatdagidek futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanishmoqda. Ertalabgi mashg'ulotda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilayotgan bo'lsa, tushlikdan so'ng taktik tayyorgarlik borasida ishlanmoqda.

Ushbu yig'in chog'ida, ko'proq e'tibor sinov-nazorat bahslariga qaratiladi. Rejaga ko'ra, 2 mart kuni Lokomotiv-BFK, 5 mart - Kaspiy (Qozog'iston), hamda 7 mart sanasida NBU-Osiyo jamoalari bilan o'yin o'tkazish rejalashtirilgan. So'nggi o'rtoqlik o'yinidan keyin poytaxt yig'ini yakuniga etadi.

Darvoqe, tarkibga Andijondan Abror Komilov kelib qo'shildi. 21 yoshli futbolchi mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatish uchun astoydil ishlamoqda.

UzDongJu matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia