Urugvay China Cup uchun tarkibni e'lon qildi. Ular O'zbekistonga qarshi o'ynashadi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 16:21
21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida "China Cup-2019" turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada mezbon - xitoyliklardan tashqari O'zbekiston, Urugvay va Tailand terma jamoalari ham ishtirok etadi. 

O'zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Xitoy esa 21 mart kuni Tailand bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o'zaro to'qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Urugvay futbol assotsiatsiyasi China Cup-2019 turnirida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Urugvay: Fernando Muslera ("Galatasaroy"), Martin Silva ("Libertad"), Martin Kampanya ("Independente"), Diego Godin ("Atletiko"), Sebastian Koates ("Sporting"), Xose Mariya Ximenes ("Atletiko"), Jovanni Gonsales ("Penyarol"), Martin Kaseres ("Yuventus"), Matyas Suares ("Monpele"), Diego Laksalt ("Milan") , Marselo Sarachchi ("Leyptsig"), Naytan Nandes ("Boka Xuniors"), Lukas Torreyra ("Arsenal"), Matias Vesino ("Inter"), Rodrigo Bentankur ("Yuventus"), Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders"), Federiko Valverde ("Real"), Jorjian de Arraskaeta ("Flamengo"), Gaston Pereyro (PSV), Maksimiliano Gomes ("Selta"), Kristian Stuani ("Jirona"), Luis Suares ("Barselona"), Xonatan Rodriges ("Krus Asul").

Oldinroq, Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi tarkibini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia