"Ural" prezidenti: "O'runov hali shartnomaga imzo chekmadi. Balki bu ertaga yoki yakshanba kuni sodir bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022, 14:48
Ekaterinburg klubi prezidenti Grigoriy Ivanov "Spartak" bilan shartnomani bekor qilgan Oston O'runov masalasi hususida so'z ochdi.

"O'yinchi bilan shartnoma imzolaganimizda, darhol jamoamiz matbuot xizmati tomonidan ma'lumot beriladi. Hali hech narsa imzolanmagan. Hozircha boshqa gapim yo'q. Klubdan qachon rasmiy xabar bo'ladi? Hozircha Oston bilan shartnoma tuzmadik. Balki ertaga, balki yakshanba kuni. Umuman olganda, yaqin kunlarda. Hammasi hal etilsa, yangilikni e'lon qilamiz.

Futbolchi bilan shartnoma aniq imzolanadimi? Selekciya bo'limi va murabbiylar shtabi bor. Agar ular futbolchining xizmatlariga qiziqishsa, u jamoamizga yordam beradi deyishsa, bu masala ustida ishlaymiz", – dedi Ivanov.

Spartak Oston O'runov bilan shartnomani bekor qildi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24