Upamekano uchun bosh da'vogarlar ma'lum bo'ldi

Alisher
3 fev 2021, 16:05
"Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari "RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano uchun da'vogarlik qilmoqda.

Shu bilan birga poygada jiddiy tarzda "Bavariya" ham ishtirok etmoqda. Futbolchi uchun yozda aynan shu to'rt klubning kurashishi kutilmoqda.

Upamekano katta ehtimol bilan joriy mavsumning so'nggida klubdan ketadi. "Buqalar" hatto o'yinchi uchun narx ham qo'yishgan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror