Uolker: "Xorvatiya terma jamoasida tajribali futbolchilar ko'p, bu natijaga ta’sir qildi"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 08:47
Angliya terma jamoasi himoyachisi Kayl Uolker JCH-2018 yarim finalida Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Xorvatiyada tajribali futbolchilar ko'p. Bu natijaga ta’sir qildi deb o'ylayman. Ular iroda ko'rsatishdi. Biz yana bir muhim bahs o'tkazishimiz kerak va uchinchi o'rinni olishga umid qilyapmiz. O'zimizga kelib olishimiz kerak.

Bugun Modrichga qarshi o'ynadim, u fantastik futbolchi. Raqib o'yinni bizdan ko'proq nazorat qildi. Biroq biz bu turnirda yaxshi ishtirok etdik deb o'ylayman.

Jamoadoshlarim bilan birga ishlash quvonarli, ular bilan mundialda ishtirok etish yoqimli. Futbol millatni birlashtirdi" - deydi Uolker.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com