Unai Emeri: “Neymarga “PSJ” tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga ko'maklashmoqchimiz”

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 01:05
“PSJ” bosh murabbiyi Unai Emeri Parij jamoasi hujumchisi Neymarning kelajagi haqida gapirdi.

“Neymar ajoyib futbolchi, dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Ammo echinish xonasida, mashg'ulotlar jarayonida, do'stlari bilan muloqotda o'zini oddiy tutadi.

Umuman “PSJ”da barcha yaxshi futbolchilar to'planishgan va ular Neymarning jamoaga qo'shilganidan xursand. Biz barchamiz buni istagandik.

Biz Neymar bilan birga yanada taraqqiy etishni va unga jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga ko'maklashmoqchimiz. Biz buning ustida ishlaymiz, futbolchining o'zi ham shu maqsadda intiladi. U bilan biz yanada bir jamoa bo'lib jipslashamiz”, deydi Emeri.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN