Unai Emeri: “Darvozamizga penalti belgilanishidan oldin ofsayd bo'lgandi”

16 fev 2018, 23:46
“PSJ” bosh murabbiyi Unai Emerining aytishicha, birinchi uchrashuvdiga mag'lubiyatga qaramay uning jamoasi YCHL 1/8 finali javob uchrashuvida kerakli natijaga erishishi mumkin.

“Mening xatoim? Jamoa yaxshi o'yin o'tkazdi, ammo bu futbol. Biz bunday natijani kutmagandik. Ammo maydonda hammasi men kutgandek kechayotgandi.

Bizni oldinda javob bahsi kutib turibdi. Ishonch bilan aytishim mumkinki, biz keyingi bosqichga chiqa olamiz. Biz avvalgiga qaraganda faolroq harakat qilishimiz kerak. 

Javob bahsida ham xuddi shu hakam uchrashuvni boshqarishini va har ikkala jamoaga ham bir xil ko'z bilan qarab boshqarishini istayman. Deylik, Madriddagi bahsda darvozamizga penalti belgilangan vaziyatdan ilgari raqib futbolchisi ofsaydda qolgandi.

Tiago Silva va Di Mariya? Tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Kimpembeni taktik jihatdan foydasi tegishini hisobga olib maydonga tushirishga qaror qilgandim. Uchta markaziy himoyachidan mamnunman. Ular bilan gaplashib oldim. Bitta o'yin bilan hech narsa o'zgarib qolgani yo'q. 

Silva-bizning sardor, Di Mariya muhim futbolchi. Ikkalasi ham bizga kerakli futbolchilar”, deya ta'kidladi Emeri.

Madridda o'tgan “Real” – “PSJ” uchrashuvini Janluka Rokki boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com