

“Ertaga bizni nima kutib turganini his qilib turibmiz. Asosiy tarkibda maydonga tushadigan barcha futbolchilar ruhiy tomondan ushbu bahsga tayyorlar. Ular tajribali futbolchilar.
Javob o'yinida ham xuddi birinchi uchrashuvdagi singari ishonch bilan o'ynashimiz lozim. Bizga qarshi kuchli raqib maydonga chiqadi. Ertaga nimalarga qodirligimizni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Birinchi bahsdagi holatni takrorlashga urinib ko'ramiz”, deydi Emeri.



