Unai Emeri: Agar penaltiga sabab bo'lgan vaziyat sodir etilsa uni belgilash lozim

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018, 09:41
PSJ ustozi Unai Emeri YCHL doirasidagi Realga qarshi o'yindan so'ng (1:3) o'z fikrlarini bildirdi.

Menga Ramos o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lishi mumkin deb aytishdi. Bu vaziyatni o'zim ko'rmadim, ammo menga shnday deyishdi… Bu hakamlarning ishi, agar penaltiga sabab bo'lgan vaziyat sodir etilsa uni belgilash lozim.

Bu bahona emas. Agar hakamlar shunday qarorlar qabul qilishmasa to'qnashuvda g'olib bo'lamiz.

Hisob 1:1 bo'lib turganida hakamning qarorlari Realga yordam berdi.

Real – to'qnashuv favoriti, sababi ular amaldagi chempionlar va oxirgi 4 yilda uch bor kubokni qo'lga kiritishgan. Ammo bizda chorak finalga chiqish imkoniyati bor, – deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com