"Ummon" guruhi hamda Sarvar va Komil dueti "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi mehmonlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2018, 19:28
12 aprel kuni "Paxtakor" Superliganing 6-turida Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o'ynaydi.

O'yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e'tiboriga koncert dasturi taqdim etiladi. Shu kuni "Paxtakor" stadionida "Ummon" guruhi hamda Sarvar va Komil dueti mehmon bo'lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar yutuqli o'yinda ishtirok etib, televizor, uyali aloqa telefoni va boshqa yutuqlardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

E'tiborlisi, bularning barchasi mutlaqo bepul! "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan.

Futbol muxlislarini "Paxtakor" stadioniga chorlab qolamiz. Stadionga keling va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz