Umid Qodirov: “Birinchi davrani muvaffaqiyatli yakunlamoqchimiz”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016, 10:55
Oliy liga 14-tur doirasidagi “Qizilqum” – “Neftchi” bahsi oldidan farg'onaliklar vakili Umidjon Qodirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
- Bizni “Qizilqum” jamoasi qarshi qiziqarli o'yin kutib turibdi. Navoiy jamoasida ancha tajribali futbolchilarni jamlangan. Yaxshi jamoa. “Qizilqum”ning Oliy liga-2016dagi natijalari ko'ngildagidek kechayotganini ham aytib o'tish lozimdir. “Qizilqum” – “Neftchi” bahsida imkoniyalarni teng baholayman. Biroq biz Navoiyga g'alaba uchun kelganmiz va Farg'onaga yorug' yuz bilan qaytish niyatimiz bor. Davra tugashiga 2 tur qoldi. Mana shu ikki bahsda g'olib bo'lib, davrani  muvaffaqiyatli tugatmoqchimiz, - dedi Qodirov.


“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia