Umar Eshmurodov "Nasaf"da ijarada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2020, 15:04
"Nasaf" sobiq sardori jamoaga qaytgani haqida saytimizda xabar bergan edik.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Paxtakor" bilan ikki yillik shartnomaga ega bo'lgan futbolchi "ajdarlar" safida ijarada o'ynaydi.

Ayni paytda Eshmurodov Qarshi shahrida bo'lib turibdi va bugungi "Sho'rtan" bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi kutilmoqda.

Faoliyati davomida "Sho'rtan" va "Nasaf" jamoalari safida yuqori liga o'yinlarida 152 bor maydonga tushgan himoyachi 4 gol muallifiga aylangan. O'tgan mavsum barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia