Ulug'bek Baqoev: "So'nggi soniyalarda koncentraciyani yo'qotdik"

Narzulla Saydullayev
29 noya 2020, 21:27
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Biroq g'alabali natijani ushlab qololmadik. So'nggi soniyalarda koncentraciyani yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik.

Tarkibimizda bir qator yo'qotishlar bor edi, bundan tashqari yigitlarning o'yini chiqmadi.

Hisobda oldinda borib gol o'tkazmaslik uchun himoyaga ko'proq e'tibor qildik, afsuski baribir gol o'tkazib yubordik", - deydi Ulug'bek Baqoev.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia