

Unda Buxoro ustozi Ulug'bek Baqoev va jamoa sardori Shavkat Salomov ishtirok etib o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
- Avvalo bugungi o'yin og'ir bo'lishini juda yaxshi bilar edik. Chunki "Qo'qon-1912" jamoasi O'zbekistonning kuchli jamoalaridan biri ekanini bilamiz. Lekin shunga qaramay bor kuchi bilan maydonda bo'sh kelmay, g'alaba uchun oxirigacha kurashgan yigitlarimizga rahmat aytaman va Qo'qon jamoasining keyingi o'yinlarida omad tilayman - deydi Ulug'bek Baqoev.
Shavkat Salomov - Men avvalo bugungi uchrashuvga uzoq bo'lishiga qaramay shuncha masofani bosib kelgan Buxoro muxlislariga va yigitlarni shijoati uchun katta raxmat aytaman ularga. Murabbiylar shtabiga ham alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz. Chunki ketma- ket mag'lubiyatdan so'ng jamoani qayta ruhan tayyorlash juda qiyin masala. Lekin murabbiylarimiz buni uddasidan chiqishdi va buni evaziga yigitlar bor e'tiborini o'yinga qaratib g'alaba qozondi.




