Ule-Gunnar Sulsher: "Rashfordning zarbasi xuddi Ronaldunikidek"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2019
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 21-tur uchrashuvi (2:0) haqida fikr bildirdi.

"To'rtta o'yindagi g'alabalardan xursand bo'lishimiz kerak. Hozircha o'yindan gol o'tkazib yubormadik.

Birinchi bo'limda sekinroq harakat qildik, ammo umuman olganda bahsni yaxshi nazorat qildik. Professionallarcha o'ynadik.

"Nyukasl" - fantastik klub. Ulardan hujumkor harakatlar kutgandik, ammo Viktor Lindelyof va Fil Jons yaxshi ishlashdi.

Markus Rashfordning zarbasi xuddi Krishtianu Ronaldunikidek. To'p havoda u tomondan bu tomonga aylandi. Uning goli menga yoqdi.

Rashford bor-yo'g'i 21 yoshda, buni yodda tuting" - deydi Sulsher.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC