Ule-Gunnar Sulsher: "APLda kuchli to'rtlikka kirish - orzularimiz chegarasi emas"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 12:55
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnaru Sulsher jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

"APLda kuchli to'rtlikka kirish orzularimizning chegarasi emas. Biz - "Manchester Yunayted"miz va doimo ligani yutishga intilishimiz lozim.

Bu ishni joriy mavsum bajara olmaymiz, ammo oldiga harakatni davom ettirishimiz lozim.

Hozir bizda Chempionlar ligasi va Angliya Kubogi bor. Shunday ekan faqat APLda kuchli to'rtlik haqida gapirishga haqqimiz yo'q.

Joriy mavsum birorta sovrin yuta olishimiz mumkin. Ayni damda turnir jadvalida oltinchimiz va yetakchilardan ancha orqadamiz. Kuchli uchlikka kirish uchun kurashyapmiz. Birinchi yoki ikkinchi bo'lishimiz juda qiyin. Ammo jamoadan ko'nglim to'lmoqda" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com