


"Ular shunchaki favorit emas, super-favorit. "Favorit " so'zi ham etarli emas. Fransiya jahon chempionligini qo'lga kiritdi, ularda Kante, Pogba, Benzema, Grizmann, Koman, Jiru, Debmele bor, men sanab o'tishda yarmini aytmadim.
Ularning zaxira o'rindig'ida dunyoning istalgan terma jamoasida o'ynay oladigan 11 futbolchi bo'ladi. Demak, Fransiyaning jahon chempioni ekanligini va jamoa hattoki hali o'z cho'qqisiga chiqib ulgurmaganligi haqidagi faktlarni inkor etib bo'lmaydi.
Bu jamoa hamon rivojlanmoqda, yigitlar hali yosh. Ikki-uch o'yinchini hisobga olmaganda, jamoaning asosiy qismi yoshlardan iborat", – dedi Arsen Venger.



