Ukraina TJning Yevropa chempionatidagi mag'lubiyatli seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
17 iyun 2021, 21:35
Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Ukraina – SH.Makedoniya uchrashuvida Andrey Shevchenko shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, “sariq-ko'klar”ning Yevropa chempionatida davom etgan 6 o'yinlik mag'lubiyatli seriyasi o'z nihoyasiga etdi.

Terma oxirgi marta Evro-2012'dagi debyutida Shvetsiya (2:1)dan ustun kelgandi. Hozirgi bosh murabbiy Andrey Shevchenko o'shanda dublga erishgan.

Keyin esa Ukraina TJ Fransiya, Angliya, Germaniya, SH.Irlandiya, Polsha va Niderlandiyadan ketma-ket mag'lubliyatlarni qabul qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua