Ukraina klubida bir vaqtda 27 insonda koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
15 okt 2020, 23:28
"Aleksandriya" klubida 27 nafar insonda koronavirus aniqlandi.

Klub rasmiy tvitteri xabariga ko'ra, klub futbolchilari va ishchilarida virus aniqlangan. Biroq necha nafar futbolchi virus yuqtirib olgani ma'lum qilinmagan.

"Aleksandriya" Ukraina chempionatining navbatdagi turini 18 oktyabr kunida "Ingulc"ga qarshi o'tkazishi kerak. Hozircha bu o'yin bobida rasmiy ma'lumot berilmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal