Ugo Loris rekordchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2022
Darvozabon Ugo Loris Fransiya terma jamoasidagi o'yinlari soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

"Tottenxem" posboni Angliyaga qarshi JCH-2022 chorak final bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu uning milliy jamoa libosidagi 143-o'yini. Avvalgi rekord Lilian Tyuramga (142ta o'yin) tegishli edi.

Shu bilan birga Loris Terri Anri va Faben Bartezlarning JCHdagi o'yinlari soni bo'yicha rekordini yangiladi. Fransiya terma jamoasi sardorida endi 18ta bahs bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia