Ugo Loris evrokuboklar tarixiga kirdi

“Tottenxem” Yevropa Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida safarda “Antverpen” mehmoni bo'lib, 0:1 hisobida yutqazdi.

Ushbu bahsda London jamoasi darvozasini Ugo Loris qo'riqladi. Bu Loris uchun evrokuboklar doirasidagi 100-o'yin bo'ldi. Shu tariqa Ugo francuz darvozabonlari ichida ushbu natijaga erishgan ilk o'yinchi bo'ldi.

Loris Yevropa Ligasida 32 (saralash bosqichidagi o'yinlar bilan), Chempionlar Ligasida esa 68 ta (saralash bosqichidagi o'yinlar bilan) o'yinda ishtirok etgan.


Manba: Opta