Ueyn Runining fikricha Martial aqlbovar qilmas vaziyatlar yarata oladi
Aziz Tukhtamuradov
28 sen 2015, 20:00
"Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi jamoadoshi Antoni Martial haqida gapirib o'tdi.
"Uning harakatlariga aql bovar qilmaydi. 19 yoshli Fransiyadan kelgan yigit kelajakda ajoyib futbolchi bo'ladi. Biz unga futboldan zavqlanishga imkon berishimiz kerak. Ishonamanki, u aql bovar qilmas vaziyatlarni yarata oladi", - deydi Runi.