Ueyn Runi: "Murabbiy bo'lishni xohlayman. Men Jerrard va Lempardni namuna qilib olishim mumkin"

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020, 20:01
"Derbi Kaunti" hujumchisi Ueyn Runi o'zining murabbiylik ambiciyalari haqida gapirdi.

"Agar men bu ishni xohlamayman desam, ambiciyali odam bo'lmasdim. Barchamiz futbolga o'ynash uchun kelamiz. Keyin kim bo'lishni xohlayotganimiz to'g'risida qaror qabul qilishimiz kerak.

So'nggi bir necha yil ichida murabbiy bo'lishim lozimligini tushundim. Ayniqsa, Stiven Jerrard, Frenk Lempard va Skott Parker kabi misollarni ko'rgan holda buni to'la anglab etdim. Ular o'z o'rinlariga ega bo'lishdi va juda yaxshi ish olib borishmoqda", – deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal