Ueyn Runi "Midlsbro"ga qarshi o'ynamaydi shekilli

Narzulla Saydullayev
27 dek 2016, 19:20
"Manchester Yunayted" futbolchisi Ueyn Runi jarohati sababli "Midlsbro"ga qarshi o'yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
"To'g'risini aytsam, Runi "Midlsbro"ga qarshi o'ynay olmasa kerak. Uni tarkibimizda ko'rishni judayam istagan bo'lardim. Chunki, u men doimo o'z tarkibimda ko'rishni istagan futbolchilardan biri. Runining tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatish kerak", - deydi Mourinyo.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com