Ueyn Runi: Messi APLga o'tib o'zining ettinchi Oltin to'pini yutishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 16:33
Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Ueyn Runi Barselona hujumchisi Lionel Messini APLda ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi.

Messining yoshi katta bo'layotganini bilaman, ammo bunday futbolchi boshqa yo'q. Messida barchasi bor – u vaziyatlar yaratadi, gol uradi, o'yinni boshqaradi. U dunyodagi eng yaxshi futbolchi.

U men o'yinlarini tomosha qilib zavq olgan kam sonli futbolchilardan biri. Ronaldu ikkalasi juda yuqori darajani namoyish etishdi, ammo men uchun Messi shunchaki boshqa darajada.

Messi hozircha MLS haqida o'ylamasin. U APLga o'tib yil futbolchisi bo'la oladi, million foiz. Brunu Fernandesha yoki de Bryuyne bilan bir jamoada Messi ettinchi Oltin to'pini yuta oladi, bu ajoyib bo'lardi, – deydi Runi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: talksport