Ueyn Runi hibsga olindi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2017
"Everton" hujumchisi Ueyn Runi 31 avgust kuni policiya tomonidan hibsga olindi.

Bunga futbolchi mast holda mashina boshqarganligi sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Huquqni himoya qiluvchi organlar Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Runini u yashaydigan Cheshir grafligi yaqinida qo'lga olishgan.

23 avgust kuni Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi. U milliy terma jamoa safida 119 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail