Ueyn Runi Gvardiola ketsa "Siti" kimni olib kelishi kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
21 fev 2026, 00:48
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi ayni damda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Pep Gvardiolaning jamoada qolishiga umid bildirdi.

"Ayrim futbolchilar uning ketishini istamoqda, bazilari esa qolishini. Bu futbolchilarning maydonga tushishi yoki tushmasligiga bog'liq va istalgan murabbiyda shunday holat bo'ladi.

Umid qilamanki, u "Siti"da qoladi. U APLda aqlbovar qilmas ishlar qildi, eng yaxshi murabbiylar esa APLga kerak. So'nggi 10 yil davomida u boshqa murabbiylar uchun darajani belgilab berdi.

Agarda Pep jamoadan ketsa, Vensan Kompanini taklif qilish kerak. U "Bavariya" bilan muvaffaqiyatli ishlamoqda. Umuman olganda Pepdan ko'p narsalar o'rgangan.

Menimcha kelgusi murabbiyni Pep tanlaydi. Agarda u ketsa ham navbatdagi bosh murabbiyni tanlash jarayonida ishtirok etsa kerak.

Pep o'zini o'qituvchi sifatida ham his qilsa kerak. 10 yil davomida bir joyda ishladi va u jamoani yaxshi holatda qoldirishga harakat qilmoqda", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC