Ueyn Runi: Angliya terma jamoasini yorqin kelajak kutmoqda

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2016
Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Evro-2016ni tark etgach o'z fikrlarini bildirdi.

Bunday natijani qabul qilish juda og'ir. Tezkor gol urdik va keyingi bosqichga chiqishga yaxshi imkoniyatga ega edik. Ammo ikkita gol o'tkazib yubordik.

O'yindan so'ng Xojson iste'foga chiqayotganini ma'lum qildi. U har bir futbolchiga rahmat aytdi. Ko'pchilik uning qo'l ostida debyut qilishdi.

Bunga ishonish qiyin, ammo bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Bu mag'lubiyatni imkon qadar tezroq unutish kerak.

Musobaqadan oldin Angliya termasida o'ynashdan faxrlanishimni aytgandim. Yangi murabbiy kelishini sabrsizlik bilan kutayapman, doim Angliya uchun o'ynashga tayyorman, – deydi Runi.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu erda >>>> TANLOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com