Uels bosh murabbiyi: "Jamoam haqida yomon gap aytishni taqiqlayman"

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 18:05
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rob Peyj JCH-2022 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida Angliyaga mag'lub bo'lganidan keyin (0:3) va turnirdan chetlatilganidan so'ng futbolchilaridan mamnun ekanini aytdi.

"Hozir bizga juda og'ir. Birinchi bo'limda ajoyib o'ynadik va to'pga egalik qilmasdan ham o'zgacha harakat qildik. Jamoam haqida yomon gap aytishni taqiqlayman. Bu erga kelish – allaqachon katta yutuq. Futbolchilar xafa bo'lmasliklari uchun kelajakni qurishimiz kerak", – dedi Peyj.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com