Uelbek jarohat oldi va endi Italiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2014, 10:19
“Manchester Yunayted” klubi hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Daniel Uelbek kechagi mashg'ulot chog'ida jarohat oldi va endi katta ehtimol bilan JCH-2014 startidagi Italiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
23 yashar futbolchi mashg'ulotni jarohat sabab erta yakunlashga majbur bo'ldi. Hozirda Uelbek terma jamoa fizioterapevti bilan birga muolajalarni olyapti, deb xabar bermoqda Guardian nashri.

Mashg'ulotda Uelbekning o'rnida Raxim Sterling sinab ko'rildi va aynan “Liverpul” futbolchisi Italiya bilan o'yinda “MYU” hujumchisining o'rnini egallaydi.


FIFA.UZ da JCH-2014 uchun orzular jamoasini tuzing

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com