UEFA "Trabzonspor"ni evrokuboklardan chetlashtirdi

3 iyun 2020, 20:57
UEFA matbuot xizmati xabariga ko'ra, Turkiyaning "Trabzonspor" klubi tashkilot shafeligida o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etish huquqidan bir mavsumga mahrum qilingan.

2019 yilning iyulida UEFAning moliyaviy nazorat organi "qoradengiz bo'ronlari" moliyaviy fair play qoidalarini buzgan deb topgan, shundan so'ng klub UEFA bilan murosali bitim imzolagandi, ammo sulh shartlarini bajara olmadi. Natijada, "Trabzonspor" keyingi ikki mavsumdan birida (2020/21 va 2021/22) evrokuboklar uchun yo'llanmaga ega chiqsa, musobaqada qatnasha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi paytlarda "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovning aynan "Trabzonspor" safiga qo'shilishi mumkinligi muhokama qilinayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.kulichki