UEFA Rossiya Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmasligini e'lon qildi

Administrator
20 sen 2022, 22:25
Tashkilot keyingi Yevropa chempionatiga yo'llanma olish tartibi qay tarzda bo'lishini ma'lum qildi.

UEFA bugun 2024 yili Germaniyada o'tkaziladigan Yevropa chempionatiga saralash jarayoni qanday tartibda o'tkazilishini e'lon qildi. Unga ko'ra, musobaqa mezboni Germaniya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. Maxsus komissiya Rossiya terma jamoasini shu yilning fevral oyida barcha musobaqalardan chetlashtirgandi. Shu tufayli ham Rossiya terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichida ishtirok etmaydi. 

Saralash bosqida 53 ta terma jamoa 10 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. 7 ta guruhda beshta terma jamoa, uchta guruhda esa oltita terma jamoa ishtirok etadi. Barcha guruhlardagi birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar Evro-2024 guruh boschiqiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olishadi. Qolgan jamoalar esa pley-off bosqichida ishtirok etishadi. 

Saralash bosqichi guruhlarini shakllantirishda 2022-2023 yilgi Millatlar ligasidagi natijalariga qarab, terma jamoalar ettita savatchaga bo'linadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.uefa.com