UEFA rahbari Rossiyani OFKga o'tishiga qarshi emas, biroq qaytish qiyin bo'ladi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2022, 23:45
UEFA rahbariyati Rossiyaning Osiyo futbol konfederatsiyasiga o'tishiga qarshi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Rossiya futbol ittifoqining ketishiga va OFKga qo'shilishiga etirozi yo'q.

Biroq FIFA yaqin vaqt ichida Rossiyani xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish taqiqini olib tashlamoqchi emas.

Shu bilan birga agar Rossiya UEFAga qaytmoqchi bo'lsa, buni Cheferin paytida bajarish qiyinligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Спорт-Экспресс»