UEFA “PSJ”ni jarimaga tortdi

23 mar 2018, 01:00
UEFA tartib-intizom qo'mitasi “PSJ” klubini YCHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida “Real”ga (1:2) qarshi bahsda muxlislarning nojoiz hatti-harakati bois jarimaga tortdi.

UEFA parijliklik muxlislar uchrashuv vaqtida fayer-shou uyushtirgani va buning oqibatida o'yin 2 daqiqaga to'xtab qolganligi bois klubga 43 ming evro jarima soldi.

Undan tashqari “PSJ” muxlislari o'yin vaqtida lazer ko'rsatkichlaridan ham foydalanishgan.

UEFA shuningdek, Evrokuboklar doirasida jamoaning keyingi uchrashuvida fanatlar sektorini yopish to'g'risida qaror qabul qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти