UEFA Mourinyoning diskvalifikaciyasi bo'yicha apellyaciyani rad etdi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyul 2023, 09:46
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hakamni haqorat qilgani uchun Evrokuboklarning to'rtta o'yiniga chetlatilgandi.

Klub bu bo'yicha UEFAga apellyaciya bergandi. Biroq tashkilot ushbu diskvalifikaciyani o'z kuchida qoldirdi. Shu tariqa, "Roma"ning Yevropa ligasi guruh bosqichidagi dastlabki to'rtta o'yinida Mourinyo zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi. 

Eslatib o'tamiz, Yevropa ligasi finalida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda hakam Entoni Teylor "Roma"ning etti nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatgandi. Shundan so'ng Mourinyo hakamlikdan norozi bo'lgan va Teylorni haqorat qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport Italia